Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:06

Qozog‘istonda 5 o‘zbekistonlik is gazidan vafot etdi


O‘zbekistonning 10 fuqarosi Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinidagi Turar qishlog‘ida is gazidan zaharlandi.

Novosti - Kazaxstan agentligining Olmaota Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib xabar berishicha, is gazidan zaharlangan o‘zbekistonliklarning 5 nafari vafot etgan, Ulardan ikki nafari balog‘atga yetmagan bola bo‘lgan. Qolgan besh nafar o‘zbekistonlik esa Kaskelen shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Xabarda aytilishicha, mazkur voqea 2 yanvar kuni yuz bergan. Tekshiruvning dastlabki natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlikarning is gazidan zaharlanishi baxtsiz hodisa bo‘lgani tahmin qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG