Линклар

logo-print

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning Qrimda joylashgan qarorgohi Rossiya prezidenti ma’muriyatiga berildi. Bu haqda FlashCrimea nashri xabar qildi.

Oldinroq mazkur qarorgoh Sevastopolga berilishi va u erda sanatoriy yoki pansionat tashkil qilish rejalashtirilayotgan edi.

Qrimning "Mis Ayya" dam olish bazasidagi 3,5 gektar maydonda qurilayotgan mazkur qarorgoh 2007 yilda Yanukovichning katta o‘g‘li Aleksandrga yaqin kishilar tomonidan 1 million ikki yuz ming AQSh dollariga sotib olingani aytilmoqda.

Hozirda hali to‘la bitmagan mazkur qarorgohning qurilishi to‘xtatilgan.

XS
SM
MD
LG