Линклар

logo-print

Rasmiy Tehron Saudiya Arabistoni harbiy uchoqlari tomonidan Yaman poytaxti Sanaadagi Eron elchixonasi shikastlanishi yuzasidan BMTning Xavfsizlik kengashiga shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.

Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Husayn Amir Abdullahiyonning ma’lum qilishicha, Saudiyaning bombardimonchi uchqichlari otgan raketalardan biri Sanaadagi Eron elchixonasi hududida portlashi oqibatida qo‘riqchilardan biri yaralangan.

Kecha Tehron rasmiylari elchixona “ataylabdan” nishonga olganini aytib, Saudiya Arabistoni elchixona binosiga yetkazilgan zarar va xodimlarining jarohatlanishi uchun mas’ul ekanini ta’kidlashdi.

Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Hutiy isyonchilarga qarshi harbiy harakatlarni olib borayotgan Saudiya yetakchiligidagi koalitsiya matbuot vakili Tehronning iddaolari bo‘ycha tekshiruv o‘tkazilishini bildirdi.

Matbuot vakili Ahmad Assariy koalitsiya uchoqlari 6 yanvar kuni kechqurun Sanaada keng ko‘lamli havo hujumlarini amalga oshirganini tasdiqladi. Uning aytishicha, havo hujumida Hutiy isyonchilari pozitsiyalari nishonga olingan.

Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlar Ar-Riyod hukumati tarafidan shia ulamosining qatl etilishi ortidan taranglashishda davom etmoqda.

7 yanvar kuni Tehron Saudiya Arabistonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga embargo joriy etganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG