Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:21

Haydovchilarni ogohlantiruvchi yangi belgi joriy etildi


O‘zbekistonda haydovchilarni ogohlantirish uchun "Foto va videofiksatsiya" axborot-ishora belgisi joriy etildi.

Mahalliy matbuotning Ichki ishlar vazirligi rasmiylariga tayanib xabar qiliishicha, foto va video kameralar o‘rnatilgan joylarga ushbu belgi qo‘yiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l patrul xizmati xodimlari 5 yildan buyon foto va video kameralardan foydalanib kelayapti va bu haqdagi belgi faqat bugunga kelib joriy qilindi.

Toshkent ko‘chalariga video kameralar o‘rnatish uchun davlat byudjetidan 20 million dollar mablag‘ sarflanishi xabar qilingan edi.

Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 milliondan ziyod avtomashina ro‘yxatga olingan¸ bu mashinalarning 40 foizi esa birgina Toshkent shahrida qayddan o‘tgan.

XS
SM
MD
LG