Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:29

Pensiya uchun minimal ish staji 7 yilga ko‘tarilishi mumkin


O‘zbekistonda pensiya tayinlash uchun talab qilinadigan minimal ish staji 5 yildan 7 yilga ko‘tarilishi mumkin.

O‘zbekiston parlamenti matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi masala ko‘rib chiqilib, ushbu qonun loyihasi tasdiqlangan.

Xabarlarga ko‘ra, pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmaganlar uchun minimal stajni bosqichma-bosqich yuqoriga ko‘tarish rejalanayapti.

Jumladan, joriy yilda 7 yilga ko‘tarilsa, 2017 yildan 9 yil va 2018 yildan 10 yilga ko‘tarish rejalangan.

O‘zbekistonda erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun 20 yillik ish staji yetarli hisoblanadi.

Yetarli ish stajiga ega bo‘lmasdan minimal staj bilan pensiyaga chiqqanlarning nafaqa puli juda kam bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG