Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:15

Maxsus xizmatlar Internet trafigi bo‘yicha nazoratni kuchaytirdi


O‘zbekistonda keyingi oylarda Internet tezligi pasayganiga maxsus xizmatlarning nazoratni kuchaytirgani sabab bo‘layapti.

Vesti.uz nashrining IT-ekspertlarga tayanib xabar berishicha, maxsus xizmatlarning Internet trafigini nazorat qilish maqsadida bosh serverni monitoring qilish harakatlari natijasida tezlik nochorlashmoqda.

3 yanvar kuni “O‘zbektelekom” bergan xabariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha Internet tezligi yana ikki oy pastligicha qoladi.

Mazkur tashkilot hozircha Internet tezligi pasayishini biror ko‘rinishda izohlaganicha yo‘q.

O‘zbekistonda ko‘plab saytlarga to‘siq qo‘yilgani bois Toshkent hukumati xalqaro tashkilotlar tarafidan Internet dushmanlari qatoriga qo‘yilgan.

Joriy yilda Skype, Viber, Telegram kabi messenjerlar aloqasida muntazam muammo kuzatilayapti.

XS
SM
MD
LG