Линклар

Kecha Parijdagi 18-okrug politsiyasi komissariati oldida politsiyachilarga hujum qilgan payti o‘ldirilgan shaxsning marokashlik 20 yashar yigit ekani aytilayapti.

Beliga hudkushlik belbog‘ini bog‘lagan marokashlik Charlie Hebdo jurnaliga uyushtirilgan teraktga roppa rosa bir yil to‘lgan kuni politsiyalarga hujum qilgan payti otib o‘ldirildi.

Uning tanasidan IShID bayrog‘ining chizilgan rasmi topilgani aytilayapti.

13 noyabrda Parijning bir qancha joyida uyushtirilgan va 130 odam o‘limiga sabab bo‘lgan hujumlardan so‘ng shaharda nazorat kuchaytirilgan.

4 yanvardan boshlab Fransiya bo‘ylab Charlie Hebdo jurnali binosiga qilingan hujum qurbonlarini xotirlash tadbirlari o‘tkazilayapti.

O‘tgan yilning 7-9 yanvar kunlari qilingan hujumlarda 17 kishi halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG