Линклар

logo-print

Joriy yilning iyun oyidan boshlab Turkiya dunyoning 89 davlatiga nisbatan viza tartibini joriy qilishni rejalashtirmoqda.

HaberIzmir nashriga ko‘ra, ushbu davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham kiritilgan. Shuningdek, ro‘yxatda MDHning Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Gruziya kabi davlatlari ham bor.

Rasmiy Anqaraning mazkur qarori Turkiya bilan `Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan viza rejimini yengillashtirish va readmissiya haqidagi kelishuv doirasida qabul qilingan.

Turkiyaning Toshkentdagi konsuli Ozodlik bilan suhbatda ushbu xabarni inkor qildi.

Bugungi kunda o‘zbekistonliklar Turkiyaga vizasiz borishi va ushbu mamlakat hududida 30 kun davomida qolishlariga izn berilgan.

Turkiya o‘zbek savdogarlari uchun asosiy savdo o‘chog‘i hisoblanadi. O‘zbekiston bozorlarining aksar qismi Turkiyadan keltirilgan mollar bilan to‘la.

Shuningdek, Turkiya kurortlari ham o‘zbekistonlik dam oladigan asosiy maskanlardan biridir.

Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz chuqurlashib¸ rublning dollarga nisbatan qadri pasayishi ortidan o‘zbekistonlik minglab mehnat muhojiri o‘zi uchun yangi mehnat bozori izlamoqda. Kuzatuvchilar Turkiya o‘zbekistonlik ish izlovchilar uchun Rossiya muqobiliga aylana boshlaganini ta’kidlayotgan edi.

XS
SM
MD
LG