Линклар

Raqqada IShID jangarisi 21 yashar Ali Saqr o‘z onasi Lena Qosimni omma oldida otib o‘ldirdi.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, 45 yashar Lena Qosim AQSh boshchiligidagi harbiy ittifoq IShIDni yo‘q qilishini aytib, o‘g‘lini jangarilar safidan chiqishga undaydi.

Ali onasining bu gapini IShID safidagi o‘z rahbarlariga etkazgan. Ular esa Aliga onasini qatl etish haqida buyruq berishadi.

Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari tashkiloti guvohlarga tayanib, xabar berishicha, Lena Qosim o‘zi ishlaydigan pochta binosi tashqarisida yuzlab odam oldida o‘g‘li tomonidan otib o‘ldirilgan.

Mazkur tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 18 oy ichida IShID tomonidan 2000dan ziyod odam besoqolbozlik va joduda ayblab qatl qilingan.

XS
SM
MD
LG