Линклар

Telegramm ijtimoiy tarmog‘ida militsiya xodimlarining Toshkentdagi transvestitlar kvartirasiga bostirib kirib ularni kaltaklagani aks etgan bir videorolik jiddiy muhokamaga sabab bo‘ldi.

Video bois boshlangan bahslarda O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 120- moddasi asosida geylar taxqirlanayotgani masalasi yuzaga chiqdi.

Ozodlikning Qurultoy eshittirishining uch nafar qatnashchisidan ikki nafari 120- modda MDHda faqat O‘zbekistonda qolgan anaxronizm ekanligini ta’kidlab¸ zudlik bilan uni bekor qilinishi lozimligini aytishdi.

Qurultoyda qatnashgan "Erk" demokratik partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov esa “O‘zbek jamiyatidagi axloqiy printsiplardan” kelib chiqib 120- modda qolishi kerakligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda "soqollilar ham besoqollar" ham militsiya tazyiqi ostida

XS
SM
MD
LG