Линклар

Taniqli imom Obidxon qori Nazarovning yaqinlari uni hayotiga suiqasd qilishga urinishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiyga yengil jazo belgilangan, deya avvalgi sud hukmi yuzasidan apellyatsiya mahkamasiga ariza kiritganlar.Obidxon qori Nazarovning yaqinlari va qoralovchi tomon unga umrbod qamoq jazosi tayinlanishini so‘ramoqda.

Shvetsiyaning Ostershund shahridagi mahkama o‘tgan oyning o‘rtalarida Nazarov joniga suiqasd qilgan Jukovskiyni 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

Obidxon qori Nazarovning yaqinlari va qoralovchi tomon Jukovskiyga yengil jazo berildi, deya unga umrbod qamoq jazosi tayinlanishini so‘ramoqda.

- Bu qaror kelgusi tergov jarayoniga tegishli bo‘lgan katta va keng ko‘lamli ishlarimiz uchun zamin yaratadi. Hali ish oxiriga yetgani yo‘q. Asosiy ijrochi jazolandi, ammo bu ishning orqasida turgan kuchli guruhlar bor. Ularni javobgarlikka tortish harakatlari hali ancha davom etadi, - degan edi Dovudxon Nazarov Ozodlik bilan suhbatda.

57 yoshli Obid qori Nazarov 2012 yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida otib ketilgandi.

O‘zbekiston hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan bo‘lgan Obid qori Nazarov hamon og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi.

Shved prokurori Krister Peterssen O‘zbekiston hukumatini suiqasd amali ortida turganlikda ayblagan edi.

Jukovskiy suiqasdni “O‘zbekiston davlati buyrug‘iga ko‘ra” amalga oshirgani aytiladi.

Jukovskiy suiqasdni “O‘zbekiston davlati buyrug‘iga ko‘ra” amalga oshirgani aytiladi.

Ostershund shahar sudiga ayblov xuslosasini topshirib bo‘lgach, Ozodlikka gapirgan tergovchi Peterssen o‘z arizasida bevosita O‘zbekiston hukumatini ayblamagan bo‘lsa-da, Jukovskiy suiqasdni “O‘zbekiston davlati buyrug‘iga ko‘ra” amalga oshirgani xususidagi iddaolarni ilgari surganini bildirgandi.

Bundan avval aybalnuvchining himoyachilari ishonarli dalillar yo‘q, deya Jukovskiyga qo‘yilgan ayblov yuzasidan apellyatsiya mahkamasiga arz qilishgandi.

XS
SM
MD
LG