Линклар

logo-print

O‘zbekiston qamoqxonalarida diniy sabablarga ko‘ra qamalgan kamida 12 ming 800 mahbus bor.

Toshkentdagi Inson huquqlari tashabbus guruhi o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlab chiqargan hisobotida bu haqda ta’kidlanadi.

Tashkilot rahbari Surat Ikromovga ko‘ra, bular 2002 yildan buyon shu davrga qadar qamalgan mahbuslardir.

-O‘tgan yilni o‘zida O‘zbekistonda uch yuzga yaqin mahbus qamalgani bizga ma’lum va siyosiy hamda diniy sabablarga ko‘ra qamalganlar soni yildan yilga ortib borayapti, - deydi Ikromov.

Inson huquqlari tashabbus guruhi bu haqdagi hisobotni O‘zbekistondagi mahbuslarni yaqinlari bilan o‘tkazilgan suhbatlar va joylardagi huquq faollari bergan malumotlar asosida chiqargan.

- Diniy mahkumlarni soni biz keltirayotgan raqamlardan ko‘proq bo‘lishi mumkin, lekin aslo kam emas, - deydi Surat Ikromov.

Siyosiy vajlar ila qamalganlar soni 24 nafar ekanligi aytiladi.

Surat Ikromovga ko‘ra, qamoqxonalarda ularga nisbatan muntazam qiynoq qo‘llash holatlari davom etmoqda. Ozodlikka chiqish vaqti kelganda ularga qamoqxona ichki tartibini buzganlik vaji bilan muddat qo‘shib berilmoqda.

O‘zbekistonda qamalgan diniy mahbuslarning aksari diniy-radikal guruhlarga aloqadorlikda ayblanib qamalganlardir.

Ular orasida Hizbut Tahrir, Nurchilar kabi diniy oqim mansublari, deya ko‘rilayotganlar ham bor.

O‘tgan yillarda esa O‘zbekistonda Iroq va Suriyadagi “Islomiy davlat” ekstremist guruhiga aloqadorlikda gumonlargan yuzlab odam qamaldi.

-Bular asosan Rossiya, Sharqiy Yevropa, Turkiyadan qaytib kelgan o‘zbekistonliklardir. Bular chet davlatlarda yurib diniy radikal guruhlarga qo‘shilib qolgan, deyilyapti. Balki shundaydir. Bizni tashvishga solayotgani qiynoqlar. Ulardan iqror qiynoq orqali olinishi. Sababi chet ellarda ish yo‘qligidan yurgan o‘zbekistonliklar ham bor. Qaytib kelishi bilan obdon tekshirilmay, diniy guruhlarga aloqadorsan, deya qamoqqa olinyapti, - deydi Surat Ikromov.

Kuzatuvchilar O‘zbekistonda ish yo‘qligi yoki repressiyalardan xorijga chiqib ketgan yuzlab o‘zbekistonlik so‘nggi yillarda Suriya va Iroqdagi “Islomiy davlat” ekstremist guruh saflarini to‘ldirayotganini aytishadi.

XS
SM
MD
LG