Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:25

Meksikada qamoqdan qochgan El Chapo laqabli narkobaron ushlandi


Meksika huquq tartibot idoralari xodimlari qamoqdan qochgan El Chapo laqabli narkobaron Xoakin Gusmanni qayta qo‘lga olishgan.

– Missiya bajarildi, biz uni ushladik, - deya bildirdi Meksika prezidenti Enrike Penya-Nyeto.

Gusman 2015 yil iyulida alohida qo‘riqlanadigan qamoqxonadan maxsus qazilgan yerosti yo‘li orqali qochib ketgandi.

Meksika hukumati u haqda ma’lumotni taqdim etgan kishiga 4 million AQSh dollarilik mukofot puli va’da qilgandi.

Xabarlarga ko‘ra, Gusman Sinaloa shtatining Los-Mochis shahrida qo‘lga tushirilgan.

Narkobaron bundan avval ham bir necha marta qamoqdan qochgan.

XS
SM
MD
LG