Линклар

logo-print

AQShda “Islomiy davlat” ekstremist tashkilotining Internetdagi propagandasiga qarshi kurshuvchi maxsus bo‘lim tuzilyapti.

Bu haqdagi qaror juma kuni Oq uyda AQSh milliy xavfsizlik va josuslik hizmatlari hamda kompyuter texnologiyalari shirkatlari rahbarlari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda qabul qilindi.

Uchrashuvda Eypl, Feysbuk, Gugl, Twitter, Microsoft, Yahu, LinkedIn shirkati rahbarlari qatnashdi.

Internetda ekstremizm targ‘ibotiga qarshi kurashuvchi bo‘lim AQSh Davlat xavfsizligi departamenti qoshida tuziladi va faoliyatini boshqa federal xavfsizlik idoralari bilan muvofiqlashtirib boradi.

Fransiya poytaxti Parij va AQShning Kaliforniya shtatida yaqinda sodir etilgan terror hujumlari ijtimoiy tarmoqlar ekstremizm propagandasi uchun manba bo‘layotganini ko‘rsatgan.

Ekstremistlar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish va odamlarni yollashda shu tarmoqlardan foydalanayotgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG