Линклар

8 yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya shimoliy Iroqda o‘z harbiylarini saqlab qolishi kerakligini aytdi.

Mazkur haftada “Islomiy davlat” jangarilarining Turkiya harbiy lageriga hujum qilish rejasi oldi olingan edi.

Turkiya prezidentining bu da’vosi Anqara va Bag‘dod o‘rtasida yana kelishmovchilik keltirib chiqardi.

O‘tgan oyda Turkiya o‘z askarlari Iroq harbiylarini “Islomiy davlat”ga qarshi jang qilishga tayyorlayotgan Bashiqa shahri yaqinidagi hududga 150 ka yaqin harbiy himoyachini jo‘natgan edi.

Turkiyaning bu harakati Iroq rasmiylari e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Istanbulda jurnalistlar oldida chiqish qilgan Erdo‘g‘an Turkiya Bashiqaga bostirib kirib, harbiy lagerga hujum qilishni rejalashtirgan 18 jangarini o‘ldirganini bildirdi.

"Askarlarimizning birortasi ham jarohat olmadi, - dedi Erdo‘g‘an. - Bu hodisa Bashiqa yaqiniga qo‘shimcha harbiy jo‘natib to‘g‘ri qilganimizni ko‘rsatadi. Ular nima qilinishi kerak bo‘lsa, kerakli paytda uni bajarmoqdalar va shunday qilishda davom etadilar."

Bag‘dod esa qo‘shimcha harbiylarga rasmiy ruxsat berilmaganini, ularning Iroqqa yuborilgani xalqaro qonunlarga zid ekanligini hamda ular mamlakatdan chiqib ketishi kerakligini ta’kidlab keladi.

Iroq harbiylarning tezkorlik bilan chiqib ketishiga erishish uchun AQSh, BMT hamda boshqa tashkilotlarga murojaat qildi.

Ammo AQSh tazyiqi ostida ayrim harbiylarini qaytarib oldirgan Erdo‘g‘an barcha askarlarini olib chiqib ketmasligini aytib keladi.

Erdo‘g‘anning 8 yanvardagi chiqishiga javoban Iroqning Maxsus amaliyotlar qo‘shma qo‘mondonligi na Bashiqada, na boshqa joyda Turkiya harbiylariga hech qanaqa “Islomiy davlat” hujumi bo‘lmaganini bildirdi.

Bu Erdo‘g‘anning hisobotiga zid bo‘lsa-da, shimoliy Iroqdan olingan matbuot xabarlari mazkur haftada 18 nafar “Islomiy davlat” jangarisi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Erdo‘g‘an Iroq o‘tgan oyda kutilmaganda Turkiya qo‘shinlariga e’tiroz qila boshlashiga Rossiya sababchi ekanligiga ishonishini aytdi.

Noyabr oxirida Suriya-Turkiya chegarasida Rossiyaga tegishli samolyot turk harbiylari tomonidan urib tushirilganidan keyin Anqara-Moskva aloqalari sovub ketdi.

Ular [Iroq] askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishimizni so‘rashdi va shu bazani bizga berishdi. Ko‘rib turganimizdek, keyinroq Rossiya va Turkiya o‘rtasida muammo kelib chiqishi ortidan ushbu salbiy o‘zgarishlar boshlandi”, dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya Bag‘dod o‘z harbiy trenerlarini himoya qila olmasligini aytib keladi.

2014 yilning iyun oyida “Islomiy davlat” amalga oshirgan yirik harbiy harakatlar ortidan chekingan Iroq kuchlari shimoliy Ninavo viloyatidan butunlay chiqib ketgandi.

XS
SM
MD
LG