Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:06

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida otilgan o‘qdan bir qirg‘izistonlik jarohatlandi


9-yanvarda Jalalobod viloyatiga qarashli Sari-Ko‘pro‘ qishlog‘i O‘zbekiston bilan chegaradosh hududida O‘zbekiston chegarachilari bilan qirg‘izistonliklar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro natijasida bir Qirg‘iziston fuqarosi yaralandi.

Bu borada Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt nafar Qirg‘iziston fuqarosi aniqlanmagan chegara hududidan o‘tgan suv quvurini buzishga harakat qilgan.

Janjal o‘zbek chegarachilari O‘zbekiston foydalanishiga o‘tgan quvurlarni buzish ishlarini to‘xtatishni talab qilishi ortidan boshlangan.

Qirg‘iziston chegara xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari qurol qo‘llashgan.

Natijada bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi jarohatlanib, Namangan shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Hozirda uning ahvoli qoniqarli ekani xabar qilinadi.

Qolgan uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi Jalolobod viloyatidagi qirg‘iz chegarachilari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

O‘sha kunnig o‘zidayoq ikki davlat chegara xizmati vakillari uchrashib, voqea yuzasidan hamkorlikda tergov olib borishga kelishib olganlar.

Yaralangan fuqaroni Qirg‘izistonga olib o‘tish bo‘yicha ham muzokaralar ketayotgani xabar qilinadi.

XS
SM
MD
LG