Линклар

logo-print

Kosovo poytaxti Prishtinada hukumatga qarshi borayotgan namoyishlarda muxolifat tarafdorlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi.

Prishtinada 9 yanvardan buyon tinch norozilik namoyishlari bo‘lmoqda. Bosh vazir Isa Mustafo iste’fosi talab qilinayotgan namoyishda bir necha ming odam ishtirok etmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, ayrim namoyishchilar qo‘lbola bomba va toshlarni hukumat binolariga uloqtirgan. Natijada, yong‘in chiqqan va tezda o‘chirilgan.

Politsiya esa bu zo‘ravonlik harakatlariga javoban ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi.

Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, jami 14 odam jarohat olgan. Bulardan 10 nafari politsiyachi va 2 nafari jurnalistdir. Shuningdek, 24 namoyishchi qo‘lga olingan.

Muxolifat Kosovodagi etnik serblar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi shahar va tumanlarga ko‘proq vakolat berish hamda ularga Belgraddan moliyaviy yordam berilishi to‘g‘risida Yevropa Ittifoqi vositachiligida taklif qilingan kelishuvga qarshi chiqmoqda. Hozircha bu kelishuv Kosovo va Serbiya parlamentlari tomonidan tasdiqlangani yo‘q.

Kosovo 2008 yilda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qilgan va bu davlatda, asosan, etnik albanlar istiqomat qiladi.

XS
SM
MD
LG