Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:33

Fors ko‘rfazi kengashi Saudiya Arabistonining Eronga munosabatini quvvatladi


Fors ko‘rfazi davlatlari hamkorligi kengashiga a’zo 6 davlat rahbariyati Saudiya Arabistonining Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishini quvvatlashini bildirdi.

Ular Eron rahbariyatining Saudiyada shia ulamosi Nimr Bakr an-Nimrning qatl qilinganiga e’tirozini Riyodning ichki ishlariga aralashuv, deb baholamoqda.

Kengashga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari 9 yanvar kuni favqulodda uchrashib, ayni masalani muhokama qildi va yuqoridagi mazmunda bayonot e’lon qildi.

Bunga qadar BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun, AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlari Saudiya-Eron mojarosi Suriya konflikti ostiga cho‘kkan mazhablararo nizoni yuzaga chiqarishi va vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Shuningdek, bu hol Yaqin Sharqda tinchlik muzokaralari natijasini yo‘qqa chiqarishi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.

Shia ulamolari boshqarayotgan Eron rejimi ayni damda Suriya prezidenti Bashar Assad kuchlarini, Saudiya Arabistoni esa Assadga muxolif isyonchi guruhlarni quvvatlamoqda.

Saudiya Arabistoni terrorchi, deb hisoblangan shia mazhabi arbobi Nimr Bakr an-Nimrni 2 yanvar kuni 40 dan ortiq shaxs bilan birga qatl qilgan.

Nimr Bakr an-Nimrning qatl etilishidan norozi bo‘lgan namoyishchilar yakshanbaga o‘tar kechasi Tehronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga bostirib kirgan va o‘t qo‘ygan.

XS
SM
MD
LG