Линклар

10 yanvar kuni Parijda o‘tgan yili uyushtirilgan bir qator terror hujumlari, jumladan, Sharli Ebdo satirik jurnali, yahudiylar do‘koni va noyabr oyida qilingan bir necha hujum qurbonlari xotirlanmoqda.

Prezident Fransua Ollandning qurbonlar xotirasiga Parijning Respublika maydonida chiqilishi kutilmoqda.

Bu marosimlarda, shuningdek, o‘tgan yili noyabr oyidagi hujumlarning 130 qurboni ham xotirlanadi. Bu hujumlar uchun mas’uliyatni "Islomiy davlat" terror guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Xotira marosimiga qurbonlarning yaqini bo‘lgan mingdan ortiq mehmon taklif qilingan.

Ayni paytda, Fransiya musulmonlari marosim kunlarida mamlakatdagi barcha masjidlar istovchilar uchun ochiq va muloqotga hozir ekanini e’lon qildi. Bu yo‘l bilan frantsiyalik musulmonlar mo‘’tadil Islomning ekstremistlarga aloqasi yo‘qligini namoyish qilish niyatini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG