Линклар

logo-print

Bugun Afg‘oniston, Pokiston, AQSh va Xitoy Afg‘onistonda barqarorlikka erishish yuzasidan to‘rt tomonlama muzokaralarni boshlaydi.

Mazkur to‘rt mamlakatning yuqori lavozimli amaldorlari Islomobodga yig‘ilib, Kobul va Tolibon o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga asos bo‘ladigan jihatlarni muhokama qiladi. Ammo bugungi uchrashuvda Tolibon vakillari ishtirok etmaydi.

Afg‘oniston rasmiysi Javod Feysal Poksiton muzokaralarni boshlashga tayyor bo‘lgan Tolibon vakillari ro‘yxatini taqdim etishiga hozir ekanini bildirdi. Feysal 15 yillik urushga barham berish uchun Pokiston o‘z hududida joylashgan Tolibon kuchlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan tiyilishini ham aytib o‘tdi.

Kobul Pokistonni Tolibon harakatini qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblab kelayotgan edi.

XS
SM
MD
LG