Линклар

Turkiya xafsizlik kuchlari shanba va yakshanba kunlari o‘tkazilgan maxsus amaliyotlar davomida Kurd ishchi partiyasi jangarilari sifatida gumonlangan 32 kishini jismonan yo‘q qildi.

Xabarlarga qaraganda Turkiyada taqiqlangan kurd ishchi partiyasi jangarilari sifatida gumon qilinganlarning asosiy qismi Van mintaqasida, bir necha nafari esa Iroq bilan chegaradosh hududlarda yo‘q qilingan.

Rasmiylar aholisining asosiy qismi kurdlardan iborat bo‘lgan Diyorbakir shahrida kecha bir turk harbiysi va bir politsiyachi halok bo‘lganini bildirdi.

Turkiya Qurolli kuchlari o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida boshlagan maxsus amaliyotlar paytida Kurd ishchi partiyasining jami 448 janggarisi o‘ldirildi. Mamlakatda taqiqlangan Kurd ishchi partiyasi etnik kurdlarga muxtoriyat berilishi va ularning huquqlari kengaytirilishi uchun kurashib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG