Линклар

O‘zbekiston 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlari uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million AQSh dollari miqdorida kredit olishni rejalashtirmoqda.

Xalqaro bank rasmiy saytida aytilishicha, “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikkinchi loyiha” nomli dastur doirasida ajratilishi mumkin bo‘lgan mablag‘ tijorat banklari va lizing kompaniyalariga qishloq hududlarida biznesni va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishni moliyalashtirishlari uchun taqdim etiladi.

Mazkur loyihaning amalga tadbiq etilishi biznes muhitni yaxshilash va moliyaviy manbalardan foydalani olish imkonlarini oshirishga hissa qo‘shadi, deyiladi OTB bayonotida.

O‘zbekiston 1995 yildan beri Osiyo taraqqiyot bankidan jami 4,5 milliard AQSh dollariga yaqin o‘nlab kredit olgan.

XS
SM
MD
LG