Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:54

Putin: "Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari bema’nilik"


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi Ukraina bo‘hroni ortidan Moskvaga nisbatan joriy etgan sanksiyalarini “bema’nilik”, deya atadi.

Germaniyaning “Bild” gazetasida 11 yanvar kuni chop etilgan intervyusida Putin “Yevropa Ittifoqining sanksiyalari bema’nilik teatridan boshqa narsa emas”, deya ta’kidladi.

Qrimda 2014 yilda Ukrainadan ajrab Rossiyaga qo‘shilish masalasida o‘tkazilgan referendum “demokratiya, xalqning irodasi” bo‘lgan deya ta’kidladi Putin.

Rossiya prezidenti shuningdek, Moskvaning sharqiy Ukrainadagi vaziyatga aralashuviga doir tanqidlarni rad etib, Kiev bilan rossiyaparast ayirmachilar o‘rtasida tuzilgan sulh bitimi tegishli tarzda amalga tadbiq etilmadi, deya ta’kidladi.

Nemis jurnalistlari bilan suhbatda Putin 1991 yilda sobiq ittifoq qulashi ortidan NATOning Rossiyaga chegaralari tomon kengayayotganidan yozg‘irdi. Sovuq urush ortidan boshlangan G‘arb ekspansiyasi xalqaro bo‘hronlarning keskinlashuviga olib kelmoqda, deya ta’kidladi Putin.

“NATO va AQSh Sovet Ittifoqi ustidan g‘alabani oxirga yetkazmoqchi bo‘lishdi. Ular Yevropda taxtda yakkahokim bo‘lib o‘tirib olmoqchi bo‘lishdi”, degan iddaolarni ilgari surdi Putin.

XS
SM
MD
LG