Линклар

logo-print

Pokiston armiyasi bosh shtabi boshlig‘i general Rohil Sharif Saudiya Arabistoni hududiy yahlitligiga har qanday tahlika tug‘iladigan taqdirda Islomobod keskin javob qaytaradi, deya bayon qildi.

General Sharif bu haqda 10 yanvar kuni Islomobodga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri, valiahd shahzoda o‘ribosari Muhammad Bin Salmon bilan uchrashuv paytida gapirdi.

“Saudiya Arabistoni hududiy yahlitligiga nisbatan har qanday tahdid Pokiston tomonidan keskin javob qaytarilishiga sabab bo‘ladi”, dedi general Sharif.

Saudiya mudofaa vaziri Ar-Riyod bilan Eron o‘rtasidagi diplomatik mojaro avjiga chiqayotgan vaziyatda Pokistonning Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini kafolatlash maqsadida Islomobodga keldi.

Shahzoda Salmon uch kun ichida Pokistonga tashrif buyurgan Saudiyaning ikkinchi mulozimi bo‘ldi.

7 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Odil al-Jubayr ham Ar-Riyodning Tehron bilan qarama-qarshiligiga hamda Saudiya e’lon qilgan aksilterror koalitsiyani tuzishga doir masalani muhokama etgani Pokistonga keldi.

XS
SM
MD
LG