Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:58

Devid Boui 69 yashida saratondan vafot etdi


Britaniyalik afsonaviy rok qo‘shiqchi Devid Boui 69 yoshida vafot etdi. Boui bir yarim yildan beri saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi.

Mashhur qo‘shiqchining rasmiy Twitter va Feysbuk sahifalarida 11 yanvar kuni: “Devid Boui saraton bilan 18 oylik kurashdan keyin bugun o‘z oila a’zolari qurshovida vafot etdi”, deya e’lon qilindi.

O‘zining “Space Oddity” va “Heroes” kabi xitlari bilan tanilgan rok qo‘shiqchining bir o‘g‘li va bir qizi bor.

Qo‘shiqchining o‘g‘li Dunkan Jouns o‘z Twitter sahifasida “Bu rost ekanini aytishdan boshqa ilojim yo‘q. Bir muddat aloqada bo‘lmayman”, deya yozdi.

O‘tgan hafta o‘zining yangi albomini e’lon qilgan Boui rok janrining “glam rock” yo‘nalishi asoschisi hamda 20 asrning eng muvaffaqiyatli san’atkorlaridan biri sifatida tanilgan. U keyingi oylarda jamoatchilikka ko‘rinish bermagan bo‘lsa-da, uning eng so‘nggi “Blackstar” albomi 8 yanvar taqdim etildi.

Devid Boui alьbomlari jami 140 million nusxada sotilgan

XS
SM
MD
LG