Линклар

Amerikalik aktyor, prodyuser va jang san’ati ustasi Stiven Sigal Serbiya fuqaroligini oldi.

Serbiya hukumati tomonidan dushanba kuni tarqatilgan bayonotda Sigal yaqin orada Serbiyaga ikki marta kelgani, mamlakat rasmiylari faoliyatini yuqori baholagani va o‘zini serb o‘laroq his qilayotganini e’tirof etganidan keyin unga fuqarolik berishga qaror qilingani aytiladi.

Serbiyaga safarlaridan birida Sigal Belgradda serb politsiyachilari uchun Aykido maktabi ochishni taklif qilgan.

G‘arb axborot agentliklari ma’lumotlariga ko‘ra, Sigalning Serbiyaga safarlarini rossiyaparast serb millatchi tashkiloti moliyalashtirgan.

Stiven Sigal G‘arb va Moskva o‘rtasida katta ixtiloflar bo‘lishiga qaramay, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qo‘llovchi mashhurlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Serbiya Yevropa Ittifoqiga kirishga harakat qilib keladi, biroq bu yo‘nalishda u rossiyaparast millatchilarning kuchli qarshiligini yengib o‘tishi lozim bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG