Линклар

logo-print

AQSh harbiy-havo kuchlari uchoqlari Iroqning Mo‘sul shahrida “Islomiy davlat” ekstremistik guruhi naqd pul saqlagan binoni nishonga oldi. Bu haqda Reyter agentligi AQSh Qurolli kuchlari qo‘mondonligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Qo‘mondonlik vakiliga ko‘ra, havodan zarba berilgan binoda “Islomiy davlat”ning turli bo‘linmalariga pul tarqatiladigan taqsimot markazi joylashgandi.

Amaliyotga doir boshqa tafsilotlar ochiqlanmayapti.

CNN manbasi “bir necha million” saqlangan binoga 900 kilogrammli ikki bomba tashlanganini ta’kidlagan. Ayni paytda manba bu millionlar qaysi valyutada bo‘lganiga aniqlik kiritmagan.

Hujum chog‘ida 5 nafardan 7 nafargacha odam o‘lgani aytilmoqda.

“Islomiy davlat”ning istaganidek faoliyat ko‘rsatishiga xalaqit berish umidida bo‘lgan amerikalik harbiylar bundan buyon ham shu kabi ahamiyatli ob’ektlarni bombalashda davom etish niyatidalar.

XS
SM
MD
LG