Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:41

Ruhoniy Eron iqtisodida favqulodda yuksalish bo‘lishini bashorat qildi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi ortidan o‘z mamlakati iqtisodiyotida favqulodda yuksalish bo‘lishini bashorat qildi.

2015 yil iyulida Eron va dunyoning olti qudratli davlati o‘zaro bitimga erishgan, bitimga muvofiq Tehron xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi evaziga o‘z yadroviy dasturini qisqartirish majburiyatini zimmasiga olgandi.

Eron hukumati sanksiyalar ostida normal bo‘lmagan sharoitlarda ishlayotganini qayd etgan Ruhoniy 11 yanvar kungi chiqishida bu sanksiyalar yaqin kunlar ichida bekor qilinishiga umid bildirdi.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo‘yicha mutasaddisi Federika Mogerini Eronga nisbatan sanksiyalar yaqin orada bekor qilinishi mumkinligini bayon etdi.

Dushanba kuni Pragada chiqish qilgan Mogerini sanksiyalarni bekor qilish sanasi hali belgilanmagani, biroq bitimni amalga oshirish ishlari ko‘ngildagidek ketayotganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG