Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:16

Istanbuldagi portlashda kamida 10 kishi halok bo‘ldi


Turkiyada olingan xabarlarga ko‘ra, Istanbul markazida ro‘y bergan portlashda bir necha kishi halok bo‘lgan.

Istanbul rasmiylariga tayanib, berilayotgan habarlarda kamida 10 kishi halok bo‘lgani va 10dan oshiq odam jarohatlangani aytiladi.

12 yanvar kuni Istanbulning sayyohlar bilan gavjum Sultanmahmat maydonida portlash ro‘y bergan joy darhol politsiya tomonidan qurshab olindi.

To‘pqopi, Ayya Sofiya va Sulton Ahmad Masjidi joylashgan Sultanmahmat mavzesi Istanbulning sayyohlar boradigan asosiy makon hisoblanadi.

So‘nggi oylarda Turkiya bo‘ylab qator hurujlar sodir bo‘ldi.

Oktyabr oyida poytaxt Anqarada ikki xudkush bombachi hujumi oqibatida 100dan oshiq odam halok bo‘lgan edi. Tergovchilar portlashlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” eksrtemist guruhiga yuklagan edi.

Turkiya faoliyati taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasiga qarshi harbiy harakatlarni olib borishi bois, mazkur tashkilot jangarilari ham hurujlarni amalga oshirib turadi.

XS
SM
MD
LG