Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:28

Qora bozorda AQSh dollari yana 6100 so‘mga chiqdi


O‘zbekistonda yangi yildan beri AQSh dollarining qora bozordagi kursi 15 foizga oshdi. Joriy oy boshida qora bozorda 5300 so‘mga baholangan AQSh dollari bugun 6100 so‘mdan sotilmoqda.

AQSh dollari Yangi yil bayrami oldidan keskin arzonlashib, 5300 so‘mga tushgan edi. Ko‘chpilik bu holatni Yangi yil bayrami arafasida odatda kuzatiladigan “sun’iy arzonlashtirish”, deya baholagan edi.

CA-News agentligiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda dollar arzonlashuvi qaysi nuqtagacha borishi va AQSh valyutasi qachon qimmatlasha boshlashiga oid qizg‘in bahslar kuzatilgan. Bu bahslarda sarroflar dollar kursi bayramdan keyin ko‘tarilishini bashorat qilishgan edi, deya eslamoqda nashr.

11 yanvar kuni qora bozorda 1 dollar 6100-6200 so‘mga chiqdi.

O‘zbekistonda dollarning uchta narxi mavjud. 12 yanvar kuni Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kurs 2816,5 so‘m, birjadagi bahosi esa, 7850 so‘mni tashkil etdi.

XS
SM
MD
LG