Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:40

Olmaotada dollar qimmatlashi oqibatida qarzlarini to‘lolmayotganlar norozilikka chiqdi


Qozog‘istonda ipotekadan qarzdor bo‘lgan o‘nlab odam Olmaotada norozilik namoyishi o‘tkazdi. Xorij valyutasining qimmatlashi oqibatida qarzlarini uzolmayotganidan norozi qozoqlar 12 yanvar kuni ATF Bank va Fortebank idorasi oldiga to‘planib, o‘z qarzlari 1 AQSh dollari 182 tanga hisobidan qayta hisoblab chiqlishini talab qilishdi.

11 yanvar kuni Qozog‘iston aksiya birjasida 1 AQSh dollari 367 qozoq tangasiga chiqdi. Bu Qozoq milliy valyutasining rekord darajadagi qulashidir. 2015 yil avgustida Qozog‘iston hukumati milliy valyuta qadrini saqlab turish siyosatidan voz kechishi ortidan tanga keskin qadrszlanib ketdi.

Neft eksportiga qaram Qozog‘istonda dollarning oshib ketishiga jahon bozorida neft narxining tushib ketgani sabab bo‘ldi.

Ayni paytda O‘zbekistonda ham dollarning qora bozordagi narxi so‘nggi bir hafta ichida 15 foizga oshib, 6100ga yetdi.

XS
SM
MD
LG