Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:18

Rustam Sagdiev: "Baron" filmi o‘zbek kinosini dunyoga tanitishiga ishonaman”


O‘zbekistonda Hollivud yulduzi ishtirokidagi “Baron” kinosi taqdimoti oldidan film muallifi taniqli kinorejissyor Rustam Sagdiev Ozodlikka intervyu berdi. Suhbatdoshga ko‘ra¸ filьm O‘zbekistonda suratga olingan ilk katta byudjetli kriminal drama janridagi blokbasterdir.

“G‘arb standartlaridagi tasvir va ovoz darajasi ta’minlangan "Baron" filmi markazida nashavandlik tanazzulidan iborat insoniy drama yotadi. Unda Hollivud yulduzi Gassan Massud va rossiyalik taniqli akterlar suratga tushdi”¸ deydi Rustam Sagdiev.

“Arshi a’lo qirolligi” filmida Salohiddin rolini ijro etib, tanilgan “Gassan Massud "Baron" filmida afg‘on narkobaroni rolini ijro etgan.

Rustam Sagdievning aytishicha, "Baron" kinosidagi rolga Hollivud aktyorining xarakteri va tashqi ko‘rinishi juda mos tushgan.

Filmga Hollivud yulduzi bilan birga rus va o‘zbek kinosi yulduzlari Farhod Mahmudov, Andrey Smolyakov, Ulug‘bek Qodirov, Dilnoza Kubaeva va Javohir Zokirov hissa qo‘shganlar.

Kinorejissyor Rustam Sagdievning ishonishicha, "Baron" filmi o‘zbek kinosi mojaro filmlari janrida keskin burilish yasagan:

- Men kinoni san’at deyish bilan birgalikda uning sanoat ekanligini tushunaman. Har qanday sanoat yirik sarmoya talab qilganidek yaxshi kino ishlash uchun katta sarmoya lozim. Ayni paytda katta sarmoya bo‘lsa ham san’at va san’akorsiz bir narsa qilish qiyin¸- deydi suhbatdosh.

Suhbatdosh o‘zi suratga olgan kino dunyo ekranlariga bo‘lmasa ham MDH ekranlariga chiqishidan umidvor.

Рустам Сагдиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:44 0:00

120 yillik dunyo kinomatografiyasi tarixida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ikki kino dunyo kinoprokatiga chiqarilgan.

Bulardan biri 1945 yil Nabi G‘aniev tarafidan suratga olingan Toxir va Zuhra filmidir. Bu film kino durdonasi sifatida YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Xalqaro kinoprokatga chiqqan ikkinchi film esa Latif Fayziev 1979 yilda hindistonlik rejisser Umesh Mehra bilan birga suratga olgan “Ali Bobo va qirq qaroqchi sarguzashti” filmidir.

XS
SM
MD
LG