Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:17

Eron AQShga qarashli ikki kemani tutib qoldi


Eron AQShning ikki harbiy kemasini hibsga olgan, biroq Tehron rasmiylari kema ekipaji tez orada qo‘yib yuborilishini va’da qilganlar. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Pentagon vakili Piter Kukning Associated Press agentligiga bildirishicha, aloqa uzilgan paytda kemalar Quvayt va Bahrayn o‘rtasidagi suvlarda bo‘lgan.

“Biz Eron bilan aloqada bo‘lib turibmiz, bizni ekipajlar va kemalar qo‘yib yuborilishiga ishontirdilar”, dedi Piter Kuk.

AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi muovini Ben Rodes Oq uyda jurnalistlar oldida qilgan chiqishida Obama ma’muriyati bu muammoni hal qilish ustida ishlayotgani va bu borada optimistik kayfiyatda ekanini bildirdi.

XS
SM
MD
LG