Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:31

Dovuto‘g‘li: Terror xurujida halok bo‘lganlarning barchasi xorijliklar


Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovuto‘g‘li Istanbul shahri tarixiy markazidagi portlash “Islomiy davlat” guruhi jangarilari tomonidan amalga oshirilganini bildirdi.

Poytaxt Anqarada jurnalistlar oldida chiqish qilgan Dovuto‘g‘li seshanba kungi portlashda nobud bo‘lgan 12 kishining barchasi xorijlik bo‘lgani, ularning aksariyati germaniyalik ekanini ma’lum qildi.

Keyinroq Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari No‘’mon Qurtulmush Istanbulning Sultonahmad mavzeida sodir etilgan terror xurujini uyushtirgan xudkush 1988 yilda tug‘ilgan suriyalik yigit bo‘lganini bildirdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa televidenie orqali chiqishida turk rasmiylari bu terror xurujini keskin qoralashini ta’kidladi.

12 yanvar kuni sodir etilgan portlashda asosan xorijliklardan iborat yana 15 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Portlash sodir etilmish Sultonahmad mavzei Istanbulning xorijlik sayyohlar eng gavjum bo‘lgan joylaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu mavzeda Sulton Ahmad jomei, Ayo Sofiya ibodatxonasi, To‘pqapi saroyi va boshqa tarixiy obidalar joylashgan.

XS
SM
MD
LG