Линклар

logo-print

O‘zbekiston hukumati korrupsiya bilan bog‘liq tekshiruvlar ortidan xorijiy banklarda muzlatib qo‘yilgan 1 milliard AQSh dollaridan ko‘proq pulni qaytarib olish urinishini boshlagan. Shveysariyada chiqadigan L'Hebdo nashrida bosilgan “Karimov ota malika qizining pullarini qaytarib olmoqchi” sarlavhali maqolada нщzilishicha¸ O‘zbekiston tomoni moliyaviy jinoyatlar uchun javobgar shaxslarning allaqachon jazoga tortilgani va mamlakat ularning yirik korruptsion sxemalari bilan bog‘liq jinoyat qurboni bo‘lgani iddaosi bilan AQSh Adliyasiga murojaat qilgan.

Maqola muallifi Fransua Pilening Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston tomoni muzlatilgan pullarni qaytarib olish uchun AQShdagi Holwell Shuster&Goldberg advokatlik shirkatini yollagan va shu shirkat vositachiligida O‘zbekiston Adliya vaziri imzosi bilan yozilgan maktub 4 yanvar kuni Nyu York hakami Endryu Karterga topshirilgan.

O‘zbekiston tomoni muzlatilgan pullarni qaytarib olish uchun AQShdagi Holwell Shuster&Goldberg yuridik shirkatini yollagan va shu shirkat vositachiligida O‘zbekiston Adliya vaziri imzosi bilan yozilgan maktub 4 yanvar kuni Nyu York hakami Endryu Karterga topshirilgan.

O‘zbekiston tomoni muzlatilgan pullarni qaytarib olish uchun AQShdagi Holwell Shuster&Goldberg yuridik shirkatini yollagan va shu shirkat vositachiligida O‘zbekiston Adliya vaziri imzosi bilan yozilgan maktub 4 yanvar kuni Nyu York hakami Endryu Karterga topshirilgan.

​- Xatda Amerika tomoni muzlatgan qariyb 500 million dollarning O‘zbekistonga tegishli ekani, O‘zbekiston ayrim tadbirkorlar qo‘l urgan jinoyatchilikning bevosita qurboni bo‘lgani aytiladi. Lekin maktubda Gulnora Karimovaning nomi tilga olinmaydi. U yerda Karimovaning yordamchisi Gayane Avakyan, Gulnoraning jazmani Rustam Madumarov va boshqalar nomlari keltiriladi. O‘zbekiston tomoni korrupsion sxemalar tuzib, yirik miqdordagi korruptsion pullarni o‘zlashtirib kelgan bu shaxslar qilmishi uchun jazolandi, biz ularni hibsga oldik, bu jinoyatlar O‘zbekistonga qarshi qilingan jinoyatlar edi va endi bu pullar O‘zbekistonga qaytarib berilishi kerak, demoqda,- deydi shveysariyalik jurnalist.

Nyu York hakami idorasi hozircha jurnalistlarga O‘zbekiston so‘rovi borasida izoh bermadi. Ma’lum bo‘lishicha, hakam bu yuzadan dastlabki eshituvlarni 27 yanvar kuniga belgilagan.

- Bu AQSh Adliya vazirligini ancha murakkab vaziyatda qoldirgan. Agar hakam O‘zbekiston so‘rovini qondiradigan qarorni chiqarsa, unda bu pullar korrupsiya botqog‘iga botgan O‘zbekistonga ketadi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozir hakam O‘zbekiston tomonidan o‘z so‘rovida keltirilgan jihatlarni asoslovchi ko‘proq ma’lumot so‘ragan. Lekin O‘zbekistonda korrupsiyada ayblanib hibsga olingan shaxslarning Gulnora Karimovaga juda yaqin odamlar ekani ma’lum. Shunday ekan bu jarayon O‘zbekiston uchun oson kechmaydi, - deydi Fransua Pile.

O‘zbekistonda Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilgan shirkatlar va unga yaqin shaxslarga nisbatan tergov AQSh va Yevropada korrupsiya bilan bog‘liq yirik tekshiruvlar ortidan, 2013 yilda boshlangandi.

Uchta telekommmunikatsiya shirkati - TeliaSonera, VimpelCom va MTS O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qiziga mamlakat mobil aloqa bozoriga kirish uchun qariyb 1 milliard dollar pora bergani bilan bog‘liq iddaolar ortidan AQSh adliya tizimlari Yevropa va Amerika banklaridagi bu mablag‘larni muzlatib qo‘ygan edi.

- Bu yerda gap ikki yarim yil avval Shveysariya, AQSh va boshqa mamlakat banklarida muzlatib qo‘yilgan bir milliard AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘lar haqida bormoqda. Bu mablag‘larning aksarini Shveysariya banklari hibs etdi. 800 million Shveysariya frankidan ko‘proq mablag‘ Shveysariya banklarida muzlatildi. Keyinroq AQSh bir necha yuz ming dollarlik mablag‘ni muzlatdi. Bundan tashqari Lyuksemburg, Irlandiya va Belgiya banklari ham shunday amalga qo‘l urdi. Bu mablag‘lar Gulnora Karimovaga oidligi ishonilayotgan korrupsion sxemalar orqali pora sifatida berilgan mablag‘lar deya muzlatilgan, - shveytsariyalik jurnalist.

O‘zbekiston hukumatining muzlatilgan mablag‘lar qaytarilishini so‘rab Shveysariya va yoki boshqa davlatlar adliya tizimlariga murojaat etgani hozircha ma’lum emas.

- Mantiqdan kelib chiqadigan bo‘lsak¸ O‘zbekiston tomoni Shveytsariyaga ham xuddi shunday murojaat bilan chiqsa kerak, - deydi Fransua Pile.

Gulnora Karimovaning telekom sohasidagi oldi-berdilari ilk bor 2012 yilda Shved jamoatchilik televideniesi tayyorlagan reportajlar tufayli oshkor bo‘ldi.

Undan keyin Shvetsiyaning TT xabar agentligi va Norvegiyada chiqadiganKlassekampen gazetasi ham qator materiallarni e’lon qildi.

Reportajlarning barchasi Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyani yoritish loyihasi OCCRP bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Bu materiallar Shvetsiya va Finlyandiyaga doir TeliaSonera hamda Rossiya va Novegiyaga qarashli VimpelCom kompaniyalari O‘zbekistonda mobil aloqa litsenziyalarini qo‘lga kiritish maqsadida Karimovaga yaqin odamlarga millionlab dollar to‘laganini oshkor qildi.

TeliaSonera va VimpelCom shirkatlari hozirda Shvetsiya, Hollandiya va AQSh rasmiylari tomonidan tergov qilinmoqda.

- O‘zbekiston hukumati muzlatilgan pullarni qaytarishga urinarkan bu boradagi so‘rovnomasida Gulnora nomini tilga olmayapti. Chunki, korruptsiya ishlarida Gulnoraning nomi keltiriladigan bo‘lsa pullarni qaytarib olish imkonsiz bo‘ladi. Chunki, AQSh yoki Shveytsariya adliyasi malikaning o‘g‘irlangan pullarini uni otasiga qaytarib bermaydiku, - deydi shveytsariyalik jurnalist Fransua Pile.

Ayni kunlarda prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova taqdiriga oid aniq ma’lumot yo‘q.

Norasmiy manbalarning Ozodlikka bildirishicha¸ Gulnora Karimova ustidan ëpiq mahkama o‘tkazilib, u uy qamog‘iga hukm qilingan.

XS
SM
MD
LG