Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:03

Toshkentda transvestitni kaltaklagan militsiya xodimlari jazolandi


Toshkentda militsiya xodimlarining transvestit kvartirasiga bostirib kirishi va ularni kaltaklagani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi ortidan bu ishga mas’ul ko‘rilgan militsiya xodimlarining pogonlari yulinib, ishdan haydalgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Chilanzar tumani militsiyasi boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov 11 yanvar kuni maxsus majlis o‘tkazib, shaxsan o‘zi transvestitlarni kaltaklagan kapitan va katta leytenant unvonidagi militsionerning pogonlarini yulib tashlagan.

O‘zbekistonda militsiya to‘g‘risidagi qonun o‘rnini bosib kelayotgan ichki yo‘riqnomaning 69- moddasi, ya’ni “qonunni buzish va aholi orasida militsiya xodimlarining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatish” ayblovi bo‘yicha ikkala militsiya xodimi ishdan haydalgani aytilmoqda.

Video rolik o‘tgan oy Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan, keyinchalik bu haqda ayrim mustaqil ommaviy axborot vositalari, jumladan, Ozodlik radiosida ham xabar bergan edi.

Toshkent militsiyasining islovotxonaga qarshi reydi
Toshkent militsiyasining islovotxonaga qarshi reydi

​Unda militsiya xodimlari bir xonadonga bostirib kirib, ayol ichki kiyimida bo‘lgan yigit va uni ikki sherigini kaltaklagani va haqoratlagani aks etgan.

Bu voqea o‘tgan yilning avgust oyida Toshkentning Chilonzor mavzesi Qatortol ko‘chasidagi xonadonlardan birida ro‘y bergan.

O‘zini talaba, deb tanishtirgan yigit kiraga olgan shu kvartiraga har kuni shubhari erkaklar kelib turishi haqida qo‘shni xonadondagilar militsiyaga shikoyat qilganidan so‘ng Chilonzor tumani militsiya xodimlari shu xonadonda reyd o‘tkazgan.

Kiraga olingan shu kvartiraga har kuni shubhari erkaklar kelib turishi haqida qo‘shni xonadondagilar militsiyaga shikoyat qilgan.
Kiraga olingan shu kvartiraga har kuni shubhari erkaklar kelib turishi haqida qo‘shni xonadondagilar militsiyaga shikoyat qilgan.

Reyd davomida xonadonni kiraga olgan shaxs transvestit ekani va uning tungi mehmonlari mijozlari ekani aniqlangan.

Reyd payti shu xonadondagi uch yigit qo‘lga olinib, Sirg‘ali tumanidagi teri-tanosil kasalliklar dispanseriga jo‘natilgan va bir necha kundan so‘ng jarimaga tortilib, qo‘yib yuborilgan.

Transvestit yigit Chilonzorda kiraga olib yashagan uyidan ham haydalgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda militsiya xodimlari reyd payti fuqarolik kiymidagi militsiya xodimlari labi bo‘yalgan, ayol ichki kiyimidagi bola va uning mijozi bo‘lgani aytilayotgan ikki yigitni erga yotqizib qo‘yib, haqorat so‘zlar bilan ularni kaltaklaydi.

Fergana.ru agentligining aniqlashicha, bu voqea o‘tgan yilning avgust oyida Toshkentning Chilonzor mavzesi, 6-kvartalidagi Cho‘pon-ota va Qatortol ko‘chalari kesishgan joydagi uyda ro‘y bergan.

Ўзбекона қонунчилик
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

O‘z navbatida bu videolarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi militsiyadan kaltak yegan transvestitlarni ham noqulay ahvolga solgan.

Videoning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi transvistit va uning mijozlarini noqulay ahvolga solgan.
Videoning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi transvistit va uning mijozlarini noqulay ahvolga solgan.

- Qaysi ahmoqlar shuni tarqatar ekan-a, shunaqa siqildim, o‘zimni o‘ldirmoqchi ham bo‘ldim, yana ham yashab yuribman. Ko‘chada yurishim bor mujskoy xolatda, - deya gapiradi shu transvestitlardan biri ijtimoiy tarmoqda tarqalgan audioyozuvda.

Ayni paytda, o‘zbek jamiyatida jinsiy ozchilikni tashkil etuvchi shaxslar muttasil ravishda ijtimoiy qarshilikka duch keladilar.

Toshkentda militsiya xodimlarining transvestitlarni kaltaklashi ham shu gomofobiyaning bir ko‘rinishi sifatida qaralmoqda.

O‘zbekiston besoqolbozlik jinoyat hisoblanadigan dunyodagi 70dan ortiq mamlakatning biridir.

O‘zbekiston jinoyat kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, besoqolbozlik bilan shug‘ullanganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

XS
SM
MD
LG