Линклар

Burkina Faso poytaxti Uagadugu shahridagi “Splendid” mehmonxonasida noma’lum qurollangan guruh tomonidan garovga olingan yuzdan ziyod odam ozod etildi.

Bu haqda mamlakat axborot vaziri Remi Danjinu jurnalistlarga shanba kuni ma’lum qildi.

Janob Danjinuga ko‘ra, Fransiya xavfsizlik kuchlari ko‘magida amalga oshirgan qutqaruv amaliyoti davomida garovdagi yuzdan ziyod odam mehmonxona ichidan olib chiqilgan.

Ayni paytda xavfsizlik kuchlari va qurolli guruh o‘rtasida otishma davom etmoqda.

Bir qancha odamning halok bo‘lgani xabar qilinmoqda. Ammo, qurbonlarning aniq soni ma’lum emas.

Qurollangan guruh G‘arbiy Afrikadagi Burkino Faso poytaxtida juma kuni hujum uyushtirdi.

Bu hujum "Al-Qoida" terror tarmog‘ining mintaqadagi bo‘limi hisoblangan "Al-Murabitun" jangarilari tomonidan amalga oshirilgani haqida farazlar bor.

XS
SM
MD
LG