Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:47

O‘zbek rasmiylariga ko‘ra, qiynoqlar bo‘yicha shikoyatlardan uchtasi tasdiqlangan


O‘zbekiston rasmiylari iddaosicha 2014 yilda mahkumlarni qiynoqqa solish holatlari bo‘yicha 61ta murojaat ko‘rib chiqilgan va shulardan 3 tasi o‘z tasdig‘ini topgan.

Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi fuqarolar huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Islom Jasimov Jenevada bo‘lib o‘tgan BMTning inson huquqlari qo‘mitasi yig‘inida ta’kidlagan.

Jasimovga ko‘ra, qiynoq xolatlarining uchtasi tasdiqlangan va aybdorlar jazolangan.

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston qamoqxonalarida mahkumlar muntazam qiynoqqa solinishi haqida bong urib keladi.

Xalqaro Qizil Xoch yoki BMTning qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi yopiq qolayotgan O‘zbekiston qamoqxonalaridagi inson huquqlariga oid vaziyat tashvishga solayotganini bildirgan.

BMTning qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Manfred Novak O‘zbekiston qamoqxonalariga borib, u yerdagi haqiqiy ahvol, xususan, qiynoqlar vaziyatini o‘rganishga ikki yildan beri urinayotgani, biroq hozircha so‘rovlari javobsiz qolayotganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG