Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:12

Tayvandagi saylovda mustaqillik tarafdori bo‘lgan partiya g‘alaba qozondi


Tayvanda shanba kuni o‘tkazilgan saylovda muxolifatdagi Demokratik taraqqiyot partiyasidan Say Inven g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Say Inven saylovda berilgan ovozlarning ellik foizidan ko‘prog‘ini qozongan.

Iqtidordagi Xitoy Milatchi partiyasi saylovda mag‘lub bo‘lgani e’lon qilindi. Ayni partiya Xitoy bilan yaqinlashuv siyosatini olib borgani uchun tanqidlarga uchrayotgandi.

Xitoy Xalq Respublikasidan Tayvanning mustaqillikligini mustahkamlash tarafdori bo‘lgan Say Inven Tayvanning ilk ayol rahbari bo‘lishi kutilyapti.

Uning saylanishi Taybey va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarni sovuqlashtirishi mumkin, demoqda kuzatuvchilar.

XS
SM
MD
LG