Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:40

Afg‘oniston sharqida xudkushlik hujumi sodir etildi


Afg‘on rasmiylarining aytishicha, sharqiy Jalolobod shahrida mahalliy siyosatchining uyida amalga oshirilgan intihoriy hujumda kamida 11 nafar odam halok bo‘ldi va yana 12 kishi yaralandi.

Hukumat so‘zchisining aytishicha, hujumchi portlovchi moddalarni 17 yanvar kuni ertalab, Ubaydulloh Shinvariy uyida ko‘plab odamlar jam bo‘lgan bir paytda ishga solgan.

Hozircha hujum kim tomonidan sodir etilgani ma’lum emas.

Shinvariy Nangarhor viloyatida Kengash a’zosi bo‘lib, uning oilasi mamlakat miqyosida yaxshi tanilgan.

XS
SM
MD
LG