Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:19

BMT insonparvarlik yordamlarini keskin oshirish taklifi bilan chiqmoqda


Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi hisobotida mojarolar va tabiiy ofatlar qurbonlariga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatish uchun jahon bo‘ylab yiliga qo‘shimcha 15 milliard dollar mablag‘ sarflanishi zarurligi ta’kidlanadi.

BMT bosh kotibi Ban Ki Mun tomonidan Dubayda taqdim etilajak hisobotga ko‘ra, dunyoda insonparvarlik yordamlari uchun yiliga 25 milliard dollar sarflanmoqda.

Ushbu mablag‘ 2000 yilda insonparvarlik sohalariga sarflangan xarajatlarga qaraganda 12 baravar ko‘p esa-da, BMTga ko‘ra, bunday yordamlarga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib borayotir.

BMTning yangi hisobotida insonparvarlik yordamlarini ko‘paytirish uchun donor mamlakatlar yordamlarini oshirish barobarida futbol yoki kontsert kabi ko‘ngilochar tadbirlarda chiptalarga qo‘shimcha ixtiyoriy soliqlar kiritish taklif qilingan.

Hozirda beshta mamlakat dunyodagi barcha insonparvarlik yordamlarining beshdan ikki qismini ta’minlaydi.

XS
SM
MD
LG