Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:20

Fransiyada suriyalik qochqin lotereyada 1 million yevro yutib oldi


Fransiyada yashovchi suriyalik 30 yashar qochqin lotereyada bir million yevro yutib oldi.

Le parisien gazetasining yozishicha, g‘olib millioner yutug‘ni uy sotib olishga va restoran ochishga sarflaydi. Qolgan pulga Suriyadan oilasini olib kelmoqchi.

Parijning San Deni shaxarchasida 10 yevroga lotereya bileti sotib olib, millionerga aylangan suriyalik qochqin ismi ochiqlanmayotir, deydi Parijdagi Ozodlik muxbiri Gulasal Kamolova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:08 0:00
Бевосита линк

"Qochqinlar kuni"

Ayni paytda Parijda muhojir va qochqinlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Parijda "muhojirlar kuni"
Parijda "muhojirlar kuni"

Unda muhojirlarga bepul ovqat tarqatildi.

Parijda muhojirlarga bepul ovqat tarqatildi
Parijda muhojirlarga bepul ovqat tarqatildi

Tadbirda, shuningdek, muhojirlar uchun konsert tashkillashtirildi.

Tadbirda yuzlab muhojirlar qatnashdi
Tadbirda yuzlab muhojirlar qatnashdi

XS
SM
MD
LG