Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:01

Karimov yalpi ichki mahsulotni 2030 yilgacha ikki baravarga oshirishni maqsad qildi


Prezident Islom Karimov O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini 2030 yilgacha ikki baravarga oshirish rejasini e’lon qildi.

Uning bu so‘zlari 15 yanvar kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi chog‘ida yangradi.

"Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 2016-2030 yillarda 2 barobar ko‘payishiga erishish uchun o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 4,8 foiz darajasida bo‘lishini ta’minlash zarur. Agar keyingi 11 yilda bu ko‘rsatkich 8 foizdan yuqori bo‘lib kelganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu vazifani amalga oshirish uchun mustahkam asos va zamin borligi yaqqol ayon bo‘ladi," dedi Islom Karimov.

Islom Karimov hozirda hukumatning bosh maqsadi iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish ekanini aytdi.

"Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir," dedi Islom Karimov.

XS
SM
MD
LG