Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:22

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vashingtonga safar qiladi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yetakchiligidagi delegatsiya kelgusi haftada Vashingtonda AQSh hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston-Amerika siyosiy kengashining navbatdagi uchrashuvida qanday masalalar muhokama etilishi borasida ma’lumot bergani yo‘q.

“Tashrif davomida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi, Davlat departamenti va boshqa muassasalarda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan,” deyiladi vazirlik matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

XS
SM
MD
LG