Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:22

OzodlikOnline: G‘arbda muzlatilgan 1 milliard “o‘zbek puli”ni kim olishi kerak?


Toshkent hukumati AQSh va Yevropa huquq tizimlari korrupsiya va pul yuvish jinoyatlariga aloqadorlik gumoni bilan muzlatib qo‘ygan bir milliard dollarni o‘ziga olish uchun G‘arb adliya tizimi bilan kurash boshladi. Bu pullar prezident qizi tomonidan xalqdan o‘g‘irlanganini ta’kidlaëtgan faollar uni Karimov hukumatiga qaytib bermaslikni so‘ramoqda. Bu pullarni xalqqa qanday qaytarish kerak¸ degan savolga Siz nima deysiz? Dushanba kungi jonli suhbatda shu haqda gaplashamiz.

2012 yil ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Shveytsariya¸ Shvetsiya¸ Fransiya va yana ko‘plab Yevropa davlatlari huquq tizimlari “radari”ga tushdi.

Shvetsiya jamoatchilik televideniesi 2012 yil 19 sentyabr kuni namoyish etgan "TeliaSonera - o‘zbek ishi" deb nomlangan hujjatli filmda uchdan bir qism aksiyalari Stokholm hukumatiga qarashli bo‘lgan TeliaSonera shirkati 2007 yilda o‘zbek mobil aloqa bozoriga kirib¸ UCell korxonasini ochish uchun Gulnora Karimovaga 337 million AQSh dollari miqdorida “otkat” berganlikda ayblandi.

Bu ayblovlar ortidan o‘nga yaqin Yevropa davlatida “o‘zbek ishi” bo‘yicha tergov jaraënlari boshlandi.

Jarayon davomida Gulnora Karimovaning o‘z jazmani Rustam Madumarov¸ shaxsiy yordamchisi Gayane Avakyan kabi xizmatchilari nomiga ochilgan offshor shirkatlar va bank hisoblariga nafaqat TeliaSonera¸ balki VimpelCom va MTS kabi O‘zbekistonda faoliyat yurg‘izuvchi yana ikki yirik shirkatdan ham jami 1 milliard dollarga yaqin pora olganiga oid jiddiy ayblovlar o‘rtaga chiqdi.

Bu ayblovlar ortidan¸ keng ko‘lamli korrupsiya va pul yuvishga aloqadorligi gumonlangan 1 milliard dollar mablag‘ muzlatib qo‘yildi.

Muzlatilgan bu pullarning Shveytsariya¸ shuningdek¸ AQSh¸ Britaniya, Lyuksemburg va Belgiya banklarida Karimova sheriklari nomiga ochilgan hisob raqamlarida ekani aytilmoqda.

2016 yilning 12 yanvar kuni Shveytsariya matbuotida O‘zbekiston hukumati bu pullarni qaytarish so‘rovi bilan AQSh mahkamasiga murojaat qilgani haqidagi xabar va o‘zbek tomonining rasmiy maktubi paydo bo‘ldi.

Shveytsariya jurnalistlari taxminicha¸ O‘zbekiston Adliya vaziri ayni mazmundagi maktub bilan bu davlat huquq tizimlariga ham murojaat qilgan.

AQSh va Yevropa banklarida "o‘zbek ishi" doirasida bir milliard AQSh dollaridan ko‘proq pul muzlatib qo‘yilgan va bu pullarning oddiy o‘zbekistonliklardan o‘g‘irlangan ekani borasida rasmiy Toshkent ham mustaqil va muxolif kuzatuvchilar ham yakdil.

Ammo xalq nomidan o‘g‘irlangan bu pullarni kimga qaytarish borasida bunday yakdillik yo‘q.

Toshkent hukumati O‘zbekiston xalqini tamsil etuvchi rasmiy hokimiyat sifatida bu pullar o‘ziga berilishini so‘rayotgan bo‘lsa¸ muxolifat va mustaqil kuzatuvchilar Gulnora Karimova aynan otasi bosh bo‘lgan hokimiyat vakili sifatida bu pullarni o‘g‘irlagani va uni korrupsiyalashgan hozirgi hukumatga qaytarib bo‘lmasligini aytmoqdalar.

Sizningcha¸ bu pullarni xalq nomidan gapirayotgan rasmiy va norasmiy tizimlardan qay biriga qaysi mexanizmlar orqali qaytarish kerak?

Bir milliard dollar "xalq"qa qaytariladigan bo‘lsa¸ u nimalarga sarflanishi kerak?

Dushanba kuni Toshkent vaqti bilan oqshomgi soat 7 dan 8 ga qadar jonli muloqotimizda shu haqda gaplashamiz. Suhbatga Ozodlikning Skype manzillari orqali qo‘shiling.

XS
SM
MD
LG