Линклар

Turk mahkamasi o‘tgan hafta Istanbulda ajnabiy sayyohlar o‘limiga sabab bo‘lgan xudkush bilan aloqada gumonlanmish 10 nafar suriyalikni hibsda saqlash haqida hukm chiqardi. Ular “Islomiy davlat” terror guruhiga aloqadorlikda gumonlanmoqdalar.

Bu ishga daxldorlikda gumonlanib qo‘lga olingan yana 6 kishi garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Turk rasmiylari Istanbuldagi portlashni IDning asli Saudiy Arabistonidan bo‘lgan xudkush-jangarisi amalga oshirganini bildirganlar.

12 yanvarь kuni Istanbulning Sultonahmad maydonida amalga oshirilmish xudkush hujumda germaniyalik 10 sayyoh nobud bo‘lgan, yana 17 kishi jarohatlangandi.

Mazkur hujum uchun mas’uliyatni hech qaysi guruh zimmasiga olgan emas.

XS
SM
MD
LG