Линклар

17 yanvar kuni Vashington Eron ballistik raketalarini yaratish dasturiga aloqador shirkatlar va fuqarolarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Yangi sanksiyalar bilan Eron raketa dasturiga aloqador 11 shirkat va fuqaroning Qo‘shma Shtatlarning bank tizimidan foydalanishi taqiqlanadi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Bundan bir kun avval AQSh va Yevropa Ittifoqi Tehron yadroviy dasturi tufayli kiritilgan cheklovlarni bekor qilgandi.

BMT ekspertlari o‘tgan yilning dekabr oyida Tehron tomonidan o‘rta radiusdagi ballistik raketalar sinovining o‘tkazilishi unga yadroviy kallaklarni tashishga qodir raketalarni sinovdan o‘tkazishni ma’n qiluvchi rezolyutsiyalarni buzishini bildirgandilar.

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z mamlakati Eronning raketa dasturiga qarshi sanktsiyalarni qo‘llashda davom etishini ta’kidladi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Vashington xatti-harakatiga munosib javob berilajagini bildirdi. Bu bayonotdan bir necha soat oldin Ruhoniy xalqaro sanktsiyalarning bekor qilinishini olqishlagan va bu o‘z mamlakatining dunyo bilan aloqasida yangi imkoniyatlarni ochishini qayd etgandi.

17 yanvar kuni parlamentda qilgan chiqishida Eron prezidenti dunyoning etakchi davlatlari bilan tuzilgan bitim mamlakat iqtisodiyoti uchun burilish nuqtasi bo‘lishini bildirgan va Eron neftdan keladigan daromadlarga kamroq qaram bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgandi.

XS
SM
MD
LG