Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:47

Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng neft narxi yana pastga sho‘ng‘idi


Brent rusumidagi bir barrel neftning qiymati 18 yanvar kungi savdo sessiyasi boshida 28 AQSh dollaridan ham pastlab ketdi.

Bloomberg agentligi neft narxi Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi va neft zahiralari haddan ziyod ko‘payib ketishi oqibatida arzonlab ketayotganini qayd etadi.

Hong Kongdagi Nomura Holdings Inc. tahlilchisi Gordon Kvan agentlik bilan suhbatda Eron tomonidan qo‘shimcha neft yetkazib berilishi narxning yanada pastlashiga ta’sir ko‘rsatishi va ehtimol, bir barrel neft qiymati 25 dollargacha tushishi mumkinligini aytgan.

17 yanvar kuni AQSh va Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarning qisman olib tashlanishi haqida e’lon qilgan.

Avvalroq Tehron sanksiyalar olib tashlanganidan keyin bir kecha-kunduzda yarim million barrelgacha neft eksport qilishi mumkinligini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG