Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:13

O‘zbekiston havo yo‘llari uchoqlarida foto va video olish, nosvoy chekish taqiqlandi


O‘zbekiston havo yo‘llari samolyotlarida uchish va qo‘nish paytida rasm va videoga olish taqiqlandi. Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyyrug‘i bilan yo‘lovchining havo kemasi bortidagi xatti-harakatlari qoidasiga bunga oid o‘zgartishlar kiritilgani haqida “Norma” nashri xabar qildi.

18 yanvardan kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, uchoq uchish yo‘lagiga olib ketilayotgan paytda hamda uchish va qo‘nish paytida yo‘lovchilarning foto va video olishlariga izn berilmaydi.

Shuningdek, uchoq bortida yo‘lovchining narkotik moddalar, tamaki mahsulotlari, jumladan nosvoy iste’mol qilishi hamda elektron sigaretadan foydalanishi ham taqiqlanishi aytiladi xabarda.

Bundan tashqari, bort-provodniklar taklif etganidan ortiqcha hamda bojsiz savdo do‘konlaridan olingan alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlandi.

Yangi qoidalarda pilotlar kabinasiga kirish va havo kemasi ekipaji a’zolariga o‘z vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish taqiqlanishi aytiladi.

Uchoq bortidan yopinchiq, yostiq, idishlar olib ketish, jamoat tartibini buzish va ehtiyojsiz atrofdagilarni bezovta qilish taqiqlanishi ham alohida qayd etilgan.

Shuningdek, yo‘lovchilar ekipaj a’zolarining ruxsatisiz boshqa o‘rindiqqa o‘tirishdan ham ogohlantiriladi.

XS
SM
MD
LG