Линклар

logo-print

Jahon tennisi 18 yanvar kuni kuni paydo bo‘lgan xabardan junbushga keldi. BBC va BuzzFeed News saytlarida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Tennis Professionallari Uyushmasi (ATR) tashkiloti o‘yinlarning sotib olinishi bilan bog‘liq muammoni hal eta olmaganlikda ayblanadi.

Aytilishicha, o‘yinlarni sotib olish uruinshlariga Rossiya, shimoliy Italiya va Sitsiliyada qimor sindikatlari aralashgan.

Xabarda erkaklar professional tennisini boshqaradigan ATR tashkiloti 2007 yilda bu xususda boshlagan tergov xulosalari keltirilgan.

BBC va BuzzFeed News xabarlarida aytilishicha, 50 eng yaxshi tennischi ro‘yxatiga kiruvchi 16 nafar sportchi muntazam ravishda o‘yinni ataylabdan yutqazib berganlikda gumon etilgani to‘g‘risida tashkilotning Tennis intizom qo‘mitasiga xabar qilingan.

Lekin mazkur qo‘mita, deyiladi xabarda yo bu gumonlar bo‘yicha tegishli chora ko‘rmagan yoki tegishli sanktsiyalarni qo‘llamagan.

BBCga ko‘ra, Rossiya, Italiya va Sitsiliyadagi qimor sindikatlari o‘yinlarning sotib olinishidan yuz minglab noqonuniy daromad ko‘rgan.

ATR bu xabarlarni rad qilmoqda.

XS
SM
MD
LG